Tashrifingiz uchun raxmat.

Siz bizning veb-saytimizga tashrif buyurdingiz va biz bundan juda xursandmiz.

Biz “Green Light Media” brendi ostida audio-production sohasida xizmat kõrsatamiz. Audio sohasida qõlimizdan deyarli hamma ish keladi!
Sizni mamnun qilish maqsadida biz ham õz tomonimizdan bizga boğliq bõgan barcha harakatimizni ishga solamiz, ya'ni, xizmatimiz va mahsulotning sifati va buyurtmalarni õz vaqtida qõlingizga topshirish bilan sizni mamnun qilamiz.

Biz ikki tomonlama bõlgan sifatli hamkorlik tarafdorimiz, ya'ni, sizga ham bizlarga ham xursandchilik va mamnuniyat olib keluvchi hamkorlik tarafdorimiz.

Qilib kelayotgan ishimiz bizlarga juda yoqadi, tajribamiz va bilimimiz bilan faxrlanamiz. Undan tashqari, ona diyorimizdagi audio-production sohasi yuqori sifatli bõlishining tarafdorimiz.

Studiyamiz

Bizlarning eng muhim tomonlarimizdan biri bu albatta ishlab chiqarish bazasiga ega ekanligimizdir, ya'ni biz zamonaviy texnika bilan jixozlangan ovoz yozish studiyasiga egamiz.

Zamonaviy texnik standartlarga javob beradigan studiyamiz borligidan biz juda faxrlanamiz. Studiyamizning proekti dunyoning kõpgina project-studiyalarni quradigan etakchi injenerlar hamkorligida ishlab chiqilgan.

Mikrofon va apparat xonalari “xona xonani ichida” shaklida qurilgan, undan tashqari studiyamiz “oltin kesim” nisbatiga tõliq javob beradi, ya'ni, studiyamizning akustik xususiyatlari ovoz yozish va mastering uchun nuqsonsiz deganidir.

Alohidagi qõshiqchilarni va katta bõlmagan musiqiy guruhlarni yozish uchun studiyamizni maksimal darajada qulay qilishga harakat qilganmiz.

Bizlardagi kommutatsion panellar va individual monitoring tizimlari, ijod uchun ozodlik va maksimal komfort olib keladi. Undan tashqari, studiyamiz tovush izolyatsiyasi, klimat va yaxshi shamollatish tizimiga ega.

Chindan ham, fayzli va deyarli “uy” sharoitini studiyamizda yarata olganimiz bilan faxrlanamiz. Chunki, bunday ajoyib sharoit odamni ishlashga va ijod qilishga undaydi va bularni amalga oshirishda barchamizni yaxshi muhit bilan ta'minlaydi. Bunday qulaylik esa õz õrnida qõlingizga topshiriladigan mahsulotning sifatiga ijobiy ta'sir kõrsatadi.


Studiyamiz jixozlari

Albatta, ishning kõp qismi aynan jixozga boğliq.

Quyida sizning xizmatingizdagi jixozlar rõyxati keltirilgan:

Mikrofonlar:

  • AKG C12VR
  • Neumann M 147
  • Golden Age R1 Tube Active Ribbon
  • Rode NT4 stereo
  • Audio-technica ATM33A

Signal protsessorlari:

  • Kirish kompressori Cloud CX335
  • Oldindan kuchaytirgich Focusrite Voice Master Platinum
  • Oldindan kuchaytirgich ART Tube DSPII
  • Oldindan kuchaytirgich Behringer Composer Pro-XL x2
  • Fostex ADAT digital audio patchbay DP8
  • Alesis AI3 analog-optical interface

Gitara signal protsessorlari:

  • Yamaha THR30

Monitoring:

  • Yamaha HS50
  • Yamaha Subwoofer HS10W
  • Divatech Pro
  • Fostex 6301 B
  • Mackie Big Knob Studio+
  • IMG Stage Line VU-800/SW x2
  • Proel HAP-10
  • Adam T7V

Miksher:

  • Allen&Heath SQ7

Musiqa asboblari:

  • Akustik gitara Yamaha C40
  • Akustik gitara Epiphone/Gibson PR200
  • Gretsch Streamliner G2622T

Midi kontrollerlar:

  • M-Audio Axiom 25
  • M-Audio Axiom 61

Shaxsiy monitoring tizimlari:

  • AKG K240
  • Beyerdynamic DT220
  • Sennheiser HD480
  • Fostex T50RP
  • Beyerdynamic DT990 Pro
  • Beyerdynamic DT770 Pro


Qõlimizdan nimalar keladi?

Ovoz yozish va unga ishlov berish yõnalishida deyarli barcha ishni qila olamiz. Lekin, bu mavzuni yaxshiroq tushuna olishiniz uchun quyidagi xizmatlarimizning batafsil rõyxatini keltirdik.


Mahalliylashtirish

Kõplab murojaatlarni inobatga olib, biz media-kontentni uch tilda: õzbek, ingliz va rus tilida mahalliylashtirish xizmatini ishga tushirishga qaror qildik.

Video-kontentni mahalliylashtirish Audio-kontentni mahalliylashtirish Õyinlarni mahalliylashtirish Barcha mahalliylashtirish jarayonlari õzbek, rus va ingliz tillarini a'lo darajada biladigan professional tarjimonlar va diktorlar tomonidan amalga oshiriladi. Mahalliylashtirish va moslashtirish jarayonlari rõyxatda keltirilgan har qanday tildan amalga oshirilishi mumkin.

Video

Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida biz video kontent ishlab chiqarish imkoniyatini qõshdik.

Bizlarda quyidagilarni buyurtma qilishingiz mumkin:

Bizning mutaxassislarimiz quyidagi ishlarda haqiqiy professionallardir:

    Montaj

  • Tayyor (olingan) videoroliklar va prezentatsiyalarni montaj qilish.

    Kompozing

  • Tasvirlarni birlashtirish va vizual elementlarni joylashtirish, shuningdek, spets effektlarni qõshish.

    2D Grafika

  • Videolar, prezentatsiyalar va õrgatuvchi videolarga turli xil grafik elementlarni qõshish.

Saytimizning Portfolio bõlimida video ishlarimizning namunalarini kõrib chiqishingiz mumkin.

Portfolio

Ushbu bõlimda keltirilgan barcha maxsulot studiyamizda va shaxsan studiyamiz jamoasi tomonidan yaratilgan. Bu erda sizlar ijodimizning demo shakllari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Ular har xil stillarga va yõnalishlarga ega. Bizning professionalligimizga va maxsulotimizning sifatiga baxo berish uchun esa studiyamizga marxmat aylagaysiz.

Bir narsani xisobga olishingiz kerak, u ham bõlsa, barcha maxsulotlarimiz Avtorlik Huquqi Qonuni bilan ximoyalangan, xizmatlarimiz esa litsenziyaga ega, barcha olib boradigan ishlarimiz Õzbekiston Respublikasining Qonunlariga oid amalga oshiriladi.

Video:

SoundCloud